Kontent qismiga oʻtish

Kalgari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

KalgariKanadaning gʻarbiy qismidagi shahar. Alberta provinsiyasida, Qoyali togʻlar etagida. Aholisi 819,3 ming kishi (1996). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim sanoat, savdo (g'alla va chorva) markazi. Shaharning bunyodga kelishi neft sanoatining oʻsishi bilan bogʻliq. Neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet bor. Qishki kurort. Kalgarida 15-Qishki olimpiada oʻyinlari (1988) boʻlib oʻtgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Kalgari
Morty Proxy This is a proxified and sanitized view of the page, visit original site.