Kontent qismiga oʻtish

Jizya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jizya (arabcha: جزْية — jon soligʻi) — dastlab arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon davlatlari (jumladan, Oʻrta Osiyo)da musulmon boʻlmagan fuqarolardan olingan jon soligʻi.

Davlat musulmon boʻlmagan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishi, ularni tashqi va ichki tajovuzlardan saqlashi lozim boʻlgan. Shuning evaziga ulardan jizya undirilgan. Jizya balogʻatga yetganlarga solingan (qariyalar, ayollar, bolalar, qul va ishga yaroqsizlar esa undan ozod qilingan). Jizya asosan pul va natura tarzida undirilgan[1].

  1. „Jizya“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (J-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.



Jizya
Morty Proxy This is a proxified and sanitized view of the page, visit original site.