Issiqlik nasosi
Issiqlik nasosi — issiqlik energetika qurilmasi. Vazifasi — past trali issiqlik bergich (mas, suv) issiklik energiyasini yuqori trali issiqlik qabul qilgichga uzatish. Issiqlik nasosining ishlashi uchun tashqi energiya (mexanik, elektr, kimyoviy) sarf boʻlishi kerak. Issiqlik nasosida sodir boʻladigan jarayonlar sovitish mashinasida ish jismi amalga oshiriladigan jarayonlarga oʻxshash; lekin sovitish mashinasida sovuq, issiqlik nasosida issiqlik bilan ish koʻriladi. Issiqlik nasosi, asosan, yuqori bosimli kondensator, past bosimli bugʻlatkich, kompressor va drosselli ventildan iborat. Rasmda isitish uchun moʻljallangan issiqlik nasosi sxemasi berilgan. Past temperaturada qaynovchi suyuqlik (xlorometil, freon, ammiak) temperaturasi uncha yuqori boʻlmagan suv havzasi issiqligi hisobiga bugʻlanadi. Ajralgan bugʻ kompressorda siqiladi va isitish tizimidagi issiqlik eltuvchi (ishlatilgan suv) sovitiladigan yuqori bosimli kondensatorda kondensatlanadi. Suyuqlik drosselli ventildan oʻtib, bosimi pasayadi va bugʻlatkichga kiradi. Sikllar shu tarzda takrorlanaveradi. Issiqlik qabul qilgich ajratkichdan oʻtgan issiqlikdan tashqari sarflangan energiyaga teng issiqlikni ham olgani uchun Issiqlik nasosi elektr, mexanik yoki kimyoviy energiyani bevosita issiqlikka aylantiradigan qurilmalarga nisbatan ancha samarali hisoblanadi. Issiqlik nasosi binolarni isitishda va texnologiya jarayonlarida qoʻllanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |