Kontent qismiga oʻtish

Hissiy intellekt

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hissiy intellekt (HI), baʼzan hissiy koeffitsient (EQ) deb ham ataladi – bu insonning oʻzi va boshqalarning hissiyotlarini anglash, ulardan foydalanish, tushunish, boshqarish va nazorat qilish qobiliyati[1]. Yuqori darajadagi hissiy intellekt shaxsning oʻz hissiyotlarini va atrofdagilarning hissiyotlarini tanib olishni, hissiy maʼlumotlardan fikrlash va xulq-atvorni boshqarishda foydalanishni, turli his-tuygʻularni farqlash va ularga nom berishni, shuningdek, muhitga moslashish uchun oʻz hissiyotlarini tartibga solishni oʻz ichiga oladi. Bu tushuncha hissiy savodxonlikni ham qamrab oladi.

Mazkur atama ilk bor 1964-yilda paydo boʻlgan, ammo u psixolog va ilmiy jurnalist Daniel Golemanning 1995-yilda chop etilgan „Emotional Intelligence“ („Hissiy intellekt“) nomli bestseller kitobi orqali keng ommalashgan. Baʼzi tadqiqotchilar hissiy intellektni oʻrganish va rivojlantirish mumkin deb hisoblaydi, boshqalari esa uni tugʻma qobiliyat deb taʼkidlaydi.

Hissiy intellektni (HI) oʻlchash uchun turli modellar ishlab chiqilgan: Xususiyat modeli (trait model) shaxsning oʻzini oʻzi baholashiga asoslanadi, yaʼni insonning oʻz xulq-atvori va qobiliyatlarini qanday idrok etishini oʻlchaydi; Qobiliyat modeli (ability model) esa insonning hissiy maʼlumotni qayta ishlash va undan ijtimoiy muhitda toʻgʻri yoʻnalish topish uchun foydalanish qobiliyatiga eʼtibor qaratadi. Goleman taklif etgan dastlabki model hozirda aralash model sifatida qaraladi, chunki u keyinchalik alohida shaklda modellashtirilgan qobiliyatga asoslangan HI va xususiyatga asoslangan HI elementlarini oʻzida birlashtiradi.

Baʼzi tadqiqotlar yuqori hissiy intellekt bilan ishdagi muvaffaqiyat oʻrtasida muayyan bogʻliqlik mavjudligini koʻrsatgan boʻlsa-da, psixologlar orasida bu borada umumiy kelishuv yoʻq, shuningdek, sabab-oqibat munosabatlari aniqlanmagan. Hissiy intellekt odatda empatiya bilan bogʻlanadi, chunki u insonning oʻz shaxsiy tajribasini boshqalarning his-tuygʻulari bilan taqqoslab, ularni tushunish qobiliyatini oʻz ichiga oladi. Soʻnggi oʻn yilliklarda ommalashgani va ish joyidagi samaradorlik bilan bogʻliqligi tufayli, HIni rivojlantirish usullari yanada samarali rahbar boʻlishga intilayotgan insonlar orasida katta qiziqish uygʻota boshlagan.

Soʻnggi tadqiqotlar hissiy holatlarni aniqlashga qaratilgan boʻlib, bu vizual va eshitish orqali ifodalangan noverbal belgilarni kuzatish asosida insonning hissiy holatini baholashni anglatadi[2]. Bundan tashqari, nevrologik tadqiqotlar hissiy intellektning asab tizimidagi mexanizmlarini tavsiflab berishga harakat qilmoqda[3]. Hissiy intellekt tushunchasiga nisbatan tanqidlar asosan uning IQ va shaxsning „Katta beshlik“ xususiyatlaridan ustun qoʻshimcha ahamiyatga ega yoki ega emasligiga qaratilgan[4]. Meta-tahlillar shuni koʻrsatdiki, hissiy intellektning baʼzi oʻlchovlari IQ va shaxs xususiyatlarini hisobga olgan holda ham oʻz ahamiyatini saqlab qoladi[5].

Hissiy kuch tushunchasini birinchi boʻlib 1950-yillarda Abraham Maslow ilgari surgan[6]. „Hissiy intellekt“ atamasi esa, taxminan birinchi marta 1964-yilda Michael Beldochning va 1966-yilda B. Leunerning ilmiy maqolalarida qoʻllangan boʻlishi mumkin[7][8][9].

1983-yilda Howard Gardner oʻzining „inglizcha: Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences“ (Aqlning shakllari: Ko‘p qirrali intellekt nazariyasi) asarida anʼanaviy IQ kabi intellekt turlari insonning kognitiv qobiliyatlarini toʻliq tushuntirib bera olmasligini ilgari surdi[10]. U koʻp qirrali intellekt gʻoyasini taklif qilib, unga interpersonal (boshqalarni tushunish qobiliyati) va intrapersonal (oʻzini anglash qobiliyati) intellekt turlarini kiritdi[11].

„EQ“ (emotional quotient – hissiy koeffitsient) atamasi birinchi marta 1987-yilda British Mensa jurnalida Keith Beasley tomonidan chop etilgan maqolada ishlatilgan[12].

1989-yilda esa Stanley Greenspan hissiy intellektni tavsiflovchi modelni taklif qildi. Oradan bir yil oʻtib, Peter Salovey va John Mayer hissiy intellektning boshqa bir modelini ilgari surdi[13].

Bu atama Daniel Golemanning 1995-yilda chop etilgan Emotional Intelligence – Why It Can Matter More Than IQ („Hissiy intellekt – nima uchun u IQ’dan muhimroq boʻlishi mumkin“) kitobi orqali ommalashdi[14][15]. Goleman keyinchalik ushbu tushunchani yanada mustahkamlovchi bir necha oʻxshash maqolalarni ham eʼlon qildi[16][17]. 1998-yil oxirida Golemanning Harvard Business Review jurnalida chop etilgan „What Makes a Leader?“[18] („Rahbarni rahbar qiladigan narsa nima?“) sarlavhali maqolasi Johnson & Johnsonʼs Consumer Companies rahbariyatining eʼtiborini tortdi. Maqolada taʼkidlanishicha, hissiy intellekt yetakchilik samaradorligini belgilaydigan koʻnikma va xususiyatlarni oʻz ichiga oladi[18]. Shundan soʻng Johnson & Johnson kompaniyasi homiyligida oʻtkazilgan tadqiqot natijasida yuqori samarali rahbarlar va hissiy kompetentlik oʻrtasida kuchli bogʻliqlik mavjudligi aniqlandi. Bu esa nazariyotchilarning hissiy intellekt yetakchilik faoliyatida ajralib turuvchi omil ekani haqidagi fikrlarini tasdiqladi[19].

Hissiy intellektni oʻlchovchi testlar intellektni baholashning standart usuli sifatida IQ testlarining oʻrnini egallay olmagan[20]. Keyingi tadqiqotlarda esa hissiy intellektning rahbarlik va biznesdagi muvaffaqiyatga taʼsiri haqidagi daʼvolar tanqid ostiga olingan[21].

Hissiy intellekt Piter Salovey va Jon Mayer tomonidan quyidagicha taʼriflangan: „hissiyotlarni aniq idrok etish, ularni tafakkurni yengillashtirish uchun ishlatish, hissiyotlarni tushunish va boshqarish“[22][23]. Ushbu tushuncha ham hissiy, ham intellektual jarayonlarni oʻz ichiga oladi[24].

HI shaxslararo munosabatlarni chuqurroq tushunish uchun aql, hamdardlik va hissiyotlardan foydalanish qobiliyatini ham oʻz ichiga oladi[25]. Biroq, hissiy intellektning aniq taʼrifi, terminologiyasi va amaliy qoʻllanishi borasida tadqiqotchilar oʻrtasida sezilarli kelishmovchiliklar mavjud. Hozirda hissiy intellektning uch asosiy modeli mavjud: qobiliyat modeli HIni kognitiv va hissiy qobiliyatlar nuqtai nazaridan taʼriflaydi[26]; Daniel Goleman tomonidan taklif etilgan aralash model turli hissiy kompetensiyalarni oʻz ichiga oladi va baʼzan xususiyatga asoslangan HI shakli sifatida qaraladi[27][28]; xususiyat modeli esa HIni shaxs xususiyatlari nazariyasi doirasidagi barqaror individual fazilatlar majmuasi sifatida taʼriflaydi[29].

Hissiy intellektning turli modellari bu tushunchani baholash uchun xilma-xil vositalarning ishlab chiqilishiga olib keldi. Bu oʻlchov usullarining ayrimlari oʻzaro oʻxshash boʻlishi mumkin, biroq aksariyat tadqiqotchilar ularning turlicha tushunchalarga aloqador ekanini tan oladi.

Nazariy va metodologik yondashuvlarga koʻra, hissiy intellektni oʻlchash usullari uchta asosiy yoʻnalishga boʻlinadi: Qobiliyatga asoslangan oʻlchovlar (masalan, MSCEIT testi); Oʻz qobiliyatlarini oʻzi baholashga asoslangan oʻlchovlar (masalan, SREIT, SUEIT va WLEIS testlari); Aralash modellarga asoslangan oʻlchovlar – (masalan, AES, ECI, EI Questionnaire, EIS, EQ-I va GENOS). Bu turdagi vositalar hissiy intellekt bilan bir qatorda anʼanaviy ijtimoiy koʻnikmalarni ham oʻlchaydi[30].

Qobiliyat modeli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salovey va Mayer hissiy intellektni yangi intellekt turining standart mezonlari doirasida taʼriflaydi[31]. Ularning hissiy intellekt haqidagi dastlabki taʼrifi „oʻzining va boshqalarning his-tuygʻularini kuzatish, turli hissiyotlarni farqlash va toʻgʻri nomlash hamda fikrlash va xatti-harakatlarni boshqarish uchun hissiy maʼlumotlardan foydalanish qobiliyati“ edi[23]. Keyinchalik ular bu taʼrifni „hissiyotlarni idrok etish, fikrlashni osonlashtirish uchun hissiyotlardan foydalanish, hissiyotlarni tushunish va shaxsiy rivojlanishni ragʻbatlantirish uchun ularni boshqarish qobiliyati“ deb oʻzgartirdi. Keyingi tadqiqotlar natijasida ularning hissiy intellekt taʼrifi „hissiyotlar haqida mulohaza yuritish va fikrlashni kuchaytirish uchun hissiyotlardan foydalanish qobiliyati“ga aylandi. Bu taʼrif hissiyotlarni aniq idrok etish, fikrlashga koʻmaklashish uchun hissiyotlardan foydalanish va ularni hosil qilish, hissiyotlar va hissiy bilimlarni tushunish, shuningdek, hissiy va aqliy rivojlanishni ragʻbatlantirish uchun hissiyotlarni ongli ravishda boshqarish qobiliyatlarini oʻz ichiga oladi[26].

Qobiliyat modeli hissiyotlarni ijtimoiy muhitni anglash va unda toʻgʻri yoʻnalish topishga yordam beruvchi foydali axborot manbai sifatida koʻradi. Bu modelga koʻra, hissiy intellekt moslashuvchan xatti-harakatlarda namoyon boʻladi[32][33]. Shuningdek, u shuni taʼkidlaydiki, insonlar hissiy maʼlumotni qayta ishlash darajasi hamda uni kengroq kognitiv jarayonlar bilan bogʻlash qobiliyati jihatidan bir-biridan farq qiladi.

Modelga koʻra, hissiy intellekt toʻrtta asosiy qobiliyat turini oʻz ichiga oladi:

  1. Hissiyotlarni idrok etish – bu yuz ifodasi, suratlar, ovoz ohangi va madaniy belgilar orqali hissiyotlarni aniqlash va talqin qilish qobiliyatidir. Shuningdek, bu insonning oʻz hissiyotlarini tanib olish qobiliyatini ham oʻz ichiga oladi. Hissiyotlarni idrok etish hissiy intellektning eng asosiy jihatlaridan biri boʻlib, u boshqa barcha hissiy axborotni qayta ishlash jarayonlariga asos yaratadi.
  2. Hissiyotlardan foydalanish – bu fikrlash, muammoni hal etish kabi turli kognitiv faoliyatlarni osonlashtirish uchun hissiyotlardan foydalanish qobiliyatidir. Hissiy jihatdan rivojlangan inson oʻzining kayfiyatidagi oʻzgarishlardan toʻliq foydalana oladi, yaʼni ular orqali vaziyatga eng mos ruhiy holatni tanlab, qoʻl ostidagi vazifani samaraliroq bajaradi.
  3. Hissiyotlarni tushunish – bu hissiyotlar tili va ularning oʻzaro murakkab munosabatlarini anglash qobiliyatidir. Masalan, bu qobiliyat insonning turli hissiyotlar orasidagi nozik farqlarni sezish, shuningdek, hissiyotlarning vaqt oʻtishi bilan qanday oʻzgarishini aniqlash va tasvirlab bera olish imkonini beradi.
  4. Hissiyotlarni boshqarish – bu ham oʻzimizning, ham boshqalarning hissiyotlarini nazorat qilish va tartibga solish qobiliyatidir. Hissiy intellekti rivojlangan inson hissiyotlarni, hatto salbiylarini ham, oʻz maqsadlariga erishish yoʻlida toʻgʻri boshqara oladi.

Qobiliyatga asoslangan hissiy intellekt modeli ish joyidagi amaliy qoʻllanilish nuqtayi nazaridan tashqi va bashoratli ishonchlilikning yetishmasligi uchun tanqid qilingan[34]. Biroq, konstruktiv ishonchlilik jihatidan bu model oʻzini oʻzi baholashga asoslangan oʻlchovlarga nisbatan sezilarli ustunlikka ega, chunki u insonning maksimal natijalarini standart mezonlar bilan solishtiradi va shaxsning oʻzi haqidagi subyektiv bayonotlariga tayanmaydi[35]. Bundan tashqari, MSCEIT ballari ayrim gen nomzodlari (COMT, HTR2A va DRD2) bilan bogʻliqligi aniqlangan, oʻzini oʻzi baholash soʻrovnomalari esa bunday bogʻliqlik kuzatilmagan[36].

  1. Filice, Lucas; Weese, W. James (2024). "Developing Emotional Intelligence". Encyclopedia 4 (1): 583–599. doi:10.3390/encyclopedia4010037.
  2. "Remaining Issues in Emotional Intelligence Research: Construct Overlap, Method Artifacts, and Lack of Incremental Validity". Industrial and Organizational Psychology: Perspectives on Science and Practice 3 (2): 154–158. 2010. doi:10.1111/j.1754-9434.2010.01217.x.;
    "Effects of leader intelligence, personality and emotional intelligence on transformational leadership and managerial performance". The Leadership Quarterly 23 (3): 443–455. 2012. doi:10.1016/j.leaqua.2011.10.003.
  3. "The relation between emotional intelligence and job performance: A meta-analysis". Journal of Organizational Behavior 32 (5): 788–818. 2011-07-01. doi:10.1002/job.714. ISSN 1099-1379.
  4. Dhani, Priyam „Emotional Intelligence: History, Models, and Measures“. Research Gate (2021-yil 5-mart).
    • „Sensitivity to expression of emotional meaning in three modes of communication“, The Communication of Emotional Meaning. McGraw-Hill, 1964 31–42-bet. 
    • „Sensitivity to Expression of Emotional Meaning in Three Modes of Communication“, Contributions to social interactions: Social Encounters. Transaction Publishers, 1973. ISBN 978-0-202-36897-9. 
  5. Beldoch, Michael; Davitz, Joel Robert. The communication of emotional meaning. Westport, Conn.: Greenwood Press, 1976 39-bet. ISBN 978-0-8371-8527-9. OCLC 647368022. 
  6. "Emotional intelligence and emancipation". Praxis der Kinderpsychologie und Kinderpsychiatrie 15: 193–203. 1966.
  7. Frames of mind. New York: Basic Books, 1983. 
  8. "Howard Gardner, multiple intelligences and education". The Encyclopedia of Informal Education. 2002. https://infed.org/mobi/howard-gardner-multiple-intelligences-and-education/.<!--->
  9. "The Emotional Quotient.". Mensa: 25. May 1987. Archived from the original on 2022-08-29. https://web.archive.org/web/20220829043241/http://www.keithbeasley.co.uk/EQ/Original%20EQ%20article.pdf. Qaraldi: 2025-10-08.Hissiy intellekt]]
  10. "Emotional intelligence". Imagination, Cognition, and Personality 9 (3): 185–211. 1989. doi:10.2190/dugg-p24e-52wk-6cdg. Archived from the original on 2019-08-22. https://web.archive.org/web/20190822053715/http://ei.yale.edu/journal/imagination-cognition-and-personality/. Qaraldi: 2025-10-08.Hissiy intellekt]]
  11. Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ. Bantam Books, 1996. ISBN 978-0-553-38371-3. 
  12. Schawbel, Dan „Daniel Goleman on Leadership and The Power of Emotional Intelligence – Forbes“. Forbes. 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-mart.
  13. Working with emotional intelligence.. New York: Bantam Books, 1998. 
  14. 1 2 "What Makes a Leader?". Harvard Business Review 76: 92–105. 2023.
  15. „Emotional Competence and Leadership Excellence at Johnson & Johnson: The Emotional Intelligence and Leadership Study“. Consortium for Research on Emotional Intelligence in Organizations (2001). Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
  16. „What is Emotional Intelligence and How to Improve it? (Definition + EQ Test)“. positivepsychologyprogram.com (2018-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
  17. „Why emotional intelligence is just a fad“. CBS News (2012-yil 13-fevral). 2012-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-mart.
  18. "Human abilities: emotional intelligence". Annual Review of Psychology 59: 507–36. 2008. doi:10.1146/annurev.psych.59.103006.093646. PMID 17937602. https://archive.org/details/sim_annual-review-of-psychology_2008_59/page/506.
  19. 1 2 A Dictionary of Psychology, 3, Oxford University Press, 2008. ISBN 978-0-19-953406-7. 
  20. "A theoretical formation of emotional intelligence and childhood trauma among adolescents". Procedia - Social and Behavioral Sciences 69: 1891–1894. 2012. doi:10.1016/j.sbspro.2012.12.142.
  21. "Human abilities: emotional intelligence". Annual Review of Psychology 59: 507–36. 2008. doi:10.1146/annurev.psych.59.103006.093646. PMID 17937602. https://www.researchgate.net/publication/5907081.
  22. 1 2 "Emotional Intelligence: Theory, Findings, and Implications". Psychological Inquiry 15 (3): 197–215. July 2004. doi:10.1207/s15327965pli1503_02.
  23. "Trait emotional intelligence: The impact of core-self evaluations and social desirability". Personality and Individual Differences 44 (6): 1402–1412. 2008. doi:10.1016/j.paid.2007.12.008. https://archive.org/details/sim_personality-and-individual-differences_2008-04_44_6/page/1402.
  24. "A comprehensive meta-analysis of the relationship between emotional intelligence and health". Journal of Personality and Individual Differences 49 (6): 554–564. 2010. doi:10.1016/j.paid.2010.05.029. https://archive.org/details/sim_personality-and-individual-differences_2010-10_49_6/page/554.
  25. "Trait Emotional Intelligence: Psychometric Investigation with Reference to Established Trait Taxonomies". European Journal of Personality 15 (6): 425–48. November 2001. doi:10.1002/per.416. https://archive.org/details/sim_european-journal-of-personality_november-december-2001_15_6/page/425.
  26. "Rumors of the death of emotional intelligence in organizational behavior are vastly exaggerated". Journal of Organizational Behavior 26 (4): 441–452. 2005-06-01. doi:10.1002/job.320. https://espace.library.uq.edu.au/data/UQ_13541/Ashkanasy_Daus__Dec23_04_.pdf.
  27. „What is emotional intelligence?“, Emotional development and emotional intelligence: Implications for educators. New York: Basic Books, 1997 3–31-bet. ISBN 978-0-521-51806-2. 
  28. "The Science of Emotional Intelligence". Current Directions in Psychological Science 14 (6): 6. 2005. doi:10.1111/j.0963-7214.2005.00381.x. https://directory.doabooks.org/handle/20.500.12854/131109.
  29. "Ability-versus skill-based assessment of emotional intelligence". Psicothema 18 Suppl: 59–66. 2003. PMID 17295959. https://www.psicothema.com/pdf/3277.pdf. Qaraldi: 2014-03-07.Hissiy intellekt]]
  30. "Convergent, discriminant, and incremental validity of competing measures of emotional intelligence". Personality & Social Psychology Bulletin 29 (9): 1147–58. September 2003. doi:10.1177/0146167203254596. PMID 15189610. https://archive.org/details/sim_personality-and-social-psychology-bulletin_2003-09_29_9/page/1146.
  31. Vorobyeva, Elena V.; Kovsh, Ekaterina M.; Kosonogov, Vladimir V. (2022). "Emotional Intelligence in Carriers of Different СОМТ, BDNF, DRD2 and HTR2A Genotypes" (en). Psychology in Russia: State of the Art (2): 83–96. doi:10.11621/pir.2022.0206. ISSN 2074-6857. PMID 36699706. PMC 9833606. https://psychologyinrussia.com/volumes/index.php?article=10524.
Hissiy intellekt
Morty Proxy This is a proxified and sanitized view of the page, visit original site.