Kontent qismiga oʻtish

Grinnell kolleji

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Grinnell kolleji — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Ayova shtatida joylashgan xususiy liberal sanʼat kolleji hisoblanadi. Kollej 1846-yilda tashkil topgan. U ochiq oʻquv dasturiga ega bo'lib, talabalar oʻzlari oʻquv jadvallarini tayyorlashlari mumkin: aniq belgilangangan tartibga amal qilishlari majburiy emas.

Kollejning tahminan 48.5 gektar maydonga ega shaharchasi bir nechta tarixiy joylarni, shuningdek, "Sezar Pelli" talabalar markazi, integratsiyalashgan oʻquv majmualari va atletika inshootlarini oʻz ichiga oladi [1]. Kampusga tutashgan va tarixiy shahar markazidagi 365 gektarlik "Konard ekologik tadqiqot maydoni" Grinnell kollejining muhim ko'chmas mulki hisoblanadi[2] [3].

Grinnell bitiruvchilari va oʻqituvchilari orasida 16 ta Truman stipendiati[4], 122 ta Fulbrayt granti sohibi[5] va 1 ta Obama olimi bor[6]. Ushbu kollej oʻquvchilari va bitiruvchilari Fulbrayt granti sohiblarining eng yaxshilari sifatida tanilgan [7]. Uning bitiruvchilari orasida aktyor Gari Kuper, kimyo yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindori Tomas Chex, Intel asoschilaridan biri Robert Noys, jazz musiqachisi Gerbi Xankok, hukumat maʼmuri Garri Xopkins va komediyachi Kumail Nanjiani bor.

1882-yilda Grinnell kolleji katta fojiaga sabab bo'lgan tornadoga uchradi va bu tornado oʻz ortidan siklon olib keldi. Shundan soʻng, kollej yilnomasi nomlandi. Boʻron kampusni va kollejning 2 ta binosini ham vayron qildi. Qayta qurish darhol boshlandi va kengaytirish faqat arxitektura doirasida boʻlib qolmadi: oʻquv rejasi siyosatshunoslik (AQShda bu yoʻnalish birinchilardan boʻlib, Minnesota universitetining kafedrasida 1879-yilda Grinnelldan 3 yil avval tashkil etilgan [8]). va zamonaviy tillar boʻlimlarini ham qamrab olish uchun kengaytirildi.

Grinnell „Social Gospel“ isloh qilish harakatining markazi sifatida tanildi[9]. Robert Handi yozganidek, „Harakat Ayova (hozirgi Grinnell) kolleji kampusiga markazlashgan edi. Uning yetakchi namoyishchilari Jorj D.Herron va Prezident Jorj A.Geyts edi“ [10]. Boshqalar kollej hayotining yengil tomoniga ishora qilishgan — Missisipi gʻarbidagi birinchi kollejlararo futbol va beysbol kabi sport oʻyinlari Grinnellda oʻtkazilgan va bu oʻyinda mezbon jamoalar gʻalaba qozonishgan.

  1. „Best Athletic Facilities | The Princeton Review“ (en). www.princetonreview.com. 2018-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-may.
  2. „Grinnell College Buys Downtown Properties, Plans Demolition of Vacant Building | Grinnell College“ (en). www.grinnell.edu. 2018-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-may.
  3. „Grinnell College Golf Course | Iowa Public Golf | Iowa Golf Course“ (en-US). Grinnell College Golf Course. 2019-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-may.
  4. „Search Our Scholars“. www.truman.gov. The Harry S. Truman Scholarship Foundation. 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
  5. „Fulbright U.S. Student Program“. us.fulbrightonline.org. Institute of International Education, Inc.. 2021-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyun.
  6. „Deqa Aden '18 Named 2022 Obama Scholar | Grinnell College“. www.grinnell.edu. Qaraldi: 2022-yil 28-oktyabr.
  7. „Small Versus Big Schools: Grinnell College and the University of Central Florida“ (en). Kiplinger (2015-yil 16-dekabr). 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
  8. „History“. Political Science. University of Minnesota. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  9. Morgan, J. (1969). "The Development of Sociology and the Social Gospel in America". Sociological Analysis (Oxford University Press) 30 (1): 42–53. doi:10.2307/3709933.
  10. Handy, Robert (1950). "George D. Herron and the Kingdom Movement". Church History (American Society of Church History) 19 (2): 97–115. doi:10.2307/3162192. https://archive.org/details/sim_church-history_1950-06_19_2/page/97.
Grinnell kolleji
Morty Proxy This is a proxified and sanitized view of the page, visit original site.