Ushbu ochiq manbali loyihani butun dunyo bo'ylab odamlar uchun taqdim etmoqchimiz.

Ushbu qo'llanmaning mazmuni sizning tilingizga tarjima qilishga yordam bering!

darsga qaytish

Birinchi belgi katta harf bilan

str matnini katta bosh harf bilan qaytaradigan ucFirst(string) funktsiyasini yozing, masalan:

ucFirst("john") == "John";

Sinovlar bilan sandbox-ni oching.

Biz birinchi belgini “o’zgartira olmaymiz”, chunki JavaScript-dagi matnlar o’zgarmasdir.

Ammo biz mavjud bo’lgan matnga asosan birinchi belgini katta registr qilishimiz mumkin:

let newStr = str[0].toUpperCase() + str.slice(1);

Ammo kichik bir muammo bor. Agar str bo’sh bo’lsa, unda str[0] aniqlanmagan(undefined), shuning uchun xato bo’ladi.

Bu yerda ikkita variant mavjud:

  1. str.charAt(0) dan foydalanish, chunki u har doim matni qaytaradi (ehtimol bo’sh).
  2. Bo’sh satr uchun test qo’shish.

Mana, ikkinchi variant:

function ucFirst(str) {
  if (!str) return str;

  return str[0].toUpperCase() + str.slice(1);
}

alert(ucFirst("john")); // John

Yechimni sandbox-dagi sinovlar bilan oching.

Morty Proxy This is a proxified and sanitized view of the page, visit original site.